Germaniyadan Oʻzbekistonga 37,5 ming nafar turist kelgan

    Turizm 17 Fevral 2025 1382

    Statistika agentligi dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil davomida Germaniyadan Oʻzbekistonga 37 526 nafar turistlar tashrif buyurgan.

    Bu koʻrsatkich 2023-yil bilan solishtirilganda 7 918 nafarga oshgan.

    2024-yilda Germaniyadan Oʻzbekistonga kelgan turistlarning asosiy safar maqsadlari:

    • sayohat – 31 291 nafar
    • qarindoshlarni yoʻqlash – 4 524 nafar
    • xizmat yuzasidan – 1 580 nafar
    • tijorat – 80 nafar
    • oʻqish – 43 nafar
    • davolanish – 8 nafar