Qo'rg'ontepa tuman hokimi topshiriqlariga asosan hokimlik mas'uli va tumandagi 5-maktabning nemis tili o'qituvchisi horijlik mutaxassisni qarshi olish uchun Andijon aeroportiga keldilar.
Tuman rahbari elyorbek Nabijonov tomonidan yil davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalardan biri, Qo'rg'ontepa tumanidagi ta'lim sohasini xalqaro tajribalar asosida rivojlantirish maqsadida horijdan malakali pedagoglar va mutaxassislar taklif etish edi.
Unga ko'ra, Germaniyadan 5 nafar o'qituvchilar tashrif buyurib, ular tumandagi 11 ta umumta'lim maktabidan 50 nafar o'qituvchilar malakasini oshirishga jalb etiladi, deb xabar bermoqda Qo'rg'ontepa tuman hokimligi matbuot xizmati.