Germaniyalik mutaxassis Qashqadaryoda ish boshlaydi

    Yaqinda Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov oʻnlab xorijiy davlatlarda faoliyat olib borgan germaniyalik xalqaro ekspert Karl Xaynsni qabul qildi.

    Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston-Germaniya munosabatlari savdo-iqtisodiy, investitsiya, innovatsiya, transport-kommunikatsiya, taʼlim, davlat boshqaruvi sohalarida faol rivojlanib bormoqda.

    Joriy yilning 2-3-may kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Germaniyaga tashrifi tom maʼnoda davlatlar oʻrtasidagi rivojlanishni yangi bosqichga olib chiqdi. Ikki davlat yoshlarining oʻzaro tajriba almashish loyihalari ham amalga oshirilmoqda.

    Qashqadaryo yoshlarida xorijiy til, ayniqsa, ingliz va nemis tillarini oʻrganishga qiziqish juda yuqori. 100 mingdan ortiq oʻquvchilar maktabdan tashqari turli oʻquv kurslari va mustaqil tarzda xorijiy tillarni oʻrganmoqda.

    Bu borada Karl Xaynsni ilm-fan va innovatsiyalar, IT va raqamlashtirish sohasidagi 30 yildan ortiq boʻlgan tajribasi viloyatimiz yoshlarini xorijiy tillarni oʻqitish orqali zamonaviy kasblarga yoʻnaltirishda hamda Germaniya davlatida munosib ish oʻrinlarini topishlarida muhim rol oʻynaydi.

    Uchrashuvda viloyat hokimi vohamizdagi professional taʼlim muassasalarida ham nemis tilini chuqur oʻrgatishni tashkil etish taklifini berdi.

    Shu munosabat bilan, Karl Xayns Qashqadaryo viloyati hokimining professional taʼlim va oliy taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi sifatida ish boshlaydigan boʻldi