“Men bu haqida Rossiya matbuotida o'qidim. O'ylashimcha, SHomurodov futbolchi sifatida Bundesligada o'ynay oladi. To'g'ri, top jamoalar safiga borib qo'shilmasligi mumkin. Bularning barchasi transfer siyosatiga bog'liq, klub bilan kelishish, agentlarning ishga munosabati, ma'lum narxdagi summani to'lash va hokazo. Uning agentining Bundesliga klublari bilan aloqalari qandayligini bilmayman. eldorni Germaniya chempionatida ko'rish qiziqarli bo'ladi deb o'ylayman.
Hozir qaysi jamoada hujumchi bilan bog'liq muammo bor? Menimcha, barcha klublar har doim kuchli hujumchilarni izlashadi. Menga uni “Ausburga”ga taklif qilardim. Hozirda mazkur islandiyalik hujumchi Finbogasson bor, u ko'p jarohat oladi. SHu bois bu jamoaga SHomurodov kelsa yomon bo'lmasdi. Koronavirus futbolchilarning transfer narxini tushishiga jiddiy ta'sir qiladi. SHu boisdan bu masalada yaxshilab o'ylab ko'rish kerak”,- dedi Miron Goyxman "Tezkor Studiya"da.