Oʻqituvchi Karina Faklamning aytishicha, ular oʻz faoliyatini ehtiyotkorlik bilan davom ettiradi. Agar niqob taqish, koʻllarni tez-tez sovunlab yuvish kabi karantinning oddiy qoidalariga qatʼiy amal qilinsa, hech qanday virus xavf solmaydi.

Meklenburgdan keyin asta-sekinlik bilan Berlin va Bradenburgda ham maktab faoliyatiga ruhsat berilishi mumkin. Bu shaharlardagi maktablarda sinfxona ichidan tashqari barcha joyda niqob taqish majburiy.

Germaniya Oʻqituvchilar assotsiyasi esa oʻquvchilar hali oʻquv yiliga tayyor emasligi va onlayn taʼlimga koʻproq eʼtibor qaratish kerak deb hisoblamoqda.