Tashrifning birinchi kuni viloyat rahbari “Textima Export Import”kompaniyasi rahbari Xayke Xundertmarkt bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda tekstil va sanoatning bir qator yo‘nalishlarida jahon miqyosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan, uzoq yillik tajribaga ega kompaniya bilan ikki tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
Uning yakuniga ko‘ra Namanganda kompaniyaning vakolatxonasi ochiladigan bo‘ldi.
Shuningdek, Namangan to‘qimachilik sanoati instituti bilan uch tomonlama memorandum imzolandi.
Kelishuvga ko‘ra, To‘qimachilik texnoparkida “Textima Export Import” kompaniyasining “Tekstil kompaniyalari uskunalari shourumi” tashkil etiladi.
Viloyat rahbari Xundertmarkt xonimni Namangan taklif etdi.
Delegatsiyaning tashrifi davom etmoqda.