Bu suvli ozuqa uy jonivorlar uchun maxsus tayyorlanadi. Qarang, unda qancha oqsil bor. Bu hammasi silosli somon oʻrnini bosadi. Sigir oʻtloqda oʻtlab yurgani bilan barobar. Shuning uchun sut ham 20 foizga koʻpayadi.

– Bu unib chiqqan bugʻdoy, uni gidroponik yashil oziq-ovqat deb atashadi. Bundan tashqari, uning tarkibida zarracha ham kimyoviy moddalar yoʻq. Bu ozuqada hammasi bor va tayyor holda berish mumkin, shuning uchun jonivorlarga har xil sintetik vitaminlarni berish shart emas. Bu arpa allaqachon oʻsgan, endi uni saqlab oʻtirish shart emas. Bu makkajoʻxori silosining toʻliq oʻrnini bosa oladi. Bu hech qanday qoshimchalarsiz mutlaqo toza mahsulot.

Ayni dam qisqa fursatda ishga tushirganimiz bois maxsus javonlarni oʻrnatishga ulgurmadik, chunki oʻsish jarayonida bu yerga kirish va ishlash mumkin emas.

Bu yerda mogʻor paydo boʻlishiga toʻsqinlik qilayotgan ozon mavjud.

– Sumalak pishirganingizda, unib chiqqan bugʻdoy mogʻorlanib ketsa, qoʻrqinchli emas. Chunki uni 10 soat pishirasiz. Hayvonlar uchun esa mogʻorlanib ketgan ozuqa juda xavflidir. Bu yerda ozonni avtomatik ravishda yuboriladigan ozonizatorlar mavjud. Suv ham ozonlanadi va kislorod bilan taʼminlanadi.

Bu issiqxona inson yordamisiz ishlaydi. 7 kun avval biz uni yopdik. Biz bu yerda elektr bor yoki yoʻqligini bilish uchun keldik. Uni ochish shart emas.

Ekkaningizdan 7 kundan keyin oʻrib yana ekib qoʻyish imkoni bor. Suvga ham ehtiyoj yoʻq.

– Mana qarang, hozir sigir va qoʻylar uchun koʻm-koʻk oʻtlar qayerda bor?

– Hech qayerda yoʻq.

– Bahorgacha boʻlmaydi, bu yerda esa har kuni bor.

Bundan tashqari, ushbu ozuqalarning boshqa ozuqalardan hazm boʻlishi 3 barobarga yaxshilanadi.

Butun dunyo bu bilan shugʻullanyapti. Yozda qurgʻoqchilikdan, qishda esa oʻtlar yetishmovchiligida foyda beradi.

– Ushbu qurilmadan sanoat chorvachiligi mavjud boʻlgan joylarda foydalaniladi. Va oʻtlar kam boʻlgan paytlarda foyda beradi.

– Oʻzbekistonda ushbu qurilmadan foydalanish qachon boshlangan?

– Endi boshlandi.

– Siz bu kabi uskunalarni biror yerda koʻrganmisiz?

– Yoʻq, faqat televideniye va internet orqali koʻrganman.

– Toʻgʻri, internetda bor, bu sir emas. Hali aytganimdek, biz yangilik yaratganimiz yoʻq, biz faqat dunyoda borini qilamiz.

– Kompaniyangizni nomi nima?

– “ANISFRUCT” masʼuliyati cheklangan jamiyati.

Koʻrib turganingizdek, fermerlar silosni qidirib topolmayapti. Siz esa xohlagan narsani ekishingiz mumkin. Va bu ekinlaringizning kaloriyasi 300 barobar koʻproq boʻladi. Hozir, masalan, bugʻdoy eksa, suv yoʻq, qolaversa, ob-havo ham bu alpozda. Bu uskuna bilan esa bugʻdoy yetishtirishning imkoni bor. Boya aytilganidek, suvga ham hojat yoʻq.

– Bitta konteynerda qancha mahsulot olish mumkin?

– Har 6 kunda 2 ming 500 kg olish mumkin. Bu uskunani tozalash shart emas.

– Sizning ism-sharifingiz?

– Sarkisyan Vazgen Xachaturovich. Shu korxona rahbariman.

– Buni hammasi uch xil turimi?

– Yoʻq, buning hammasini ishlatsa boʻladi. Masalan, 30-40 litr beradigan sogʻin sigirlarga 12 kg shu oʻtlardan, 1,5 kg makkajoʻxori va 2 kg shrot bersa, kifoya; hech qanday vitaminlarsiz.

– Bitta konteynerga qancha suv ketadi?

– Bitta konteynerga 7 kunga 4 tonna suv ketadi. Bir martagina toʻldirishning oʻzi yetadi.

– Mana qarang, bu 6 kun avval ekilgan. 6 kun avval bu oddiy don boʻlgan edi, endi esa koʻm-koʻk oʻtlar. Bu bilan bemalol quruqlik va kuzgi-qishki mavsumda foydalansa boʻladi. Ushbu konteyner energiya manbalarini 5 000 soʻmgina sarflaydi.

– Bu Rossiya texnologiyasimi?

– Ushbu texnologiya butun dunyoda 30-40 yildan beri mavjud.

– Uni tayyorlash uchun rossiyaliklar bizdan 52 000 AQSH dollari soʻradilar.

– Biz boshqa imkoniyatlarni topdik: hujjatlarni va texnologiyalarni sotib olib Oʻzbekistonda yasadik. Xitoyliklar bizdan 12 000 AQSH dollari soʻradilar. Lekin ularning forsunkalari tepada joylashgan va suv yomgʻirga oʻxshab tushadi. Bunday usul oʻtlar uchun yaxshi emas. Shu trubani koʻryapsizmi? U kuniga 3-marta avtomatik tarzda yoqiladi va maxsus ventilyator yordami bilan havoni almashtiradi. Bu qora forsunkalar 50-70 foiz namlikni saqlaydi va harorati doim +20 daraja boʻladi. Suvning tozaligiga ham eʼtibor bering. Mana shu pult esa hamma jarayonni boshqaradi.

– Katta rahmat, Vazgen Xachaturovich!

Abbos Ergashev suhbatlashdi.