Mazkur holat yuzasidan tuman Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan nomaʼlum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, zaruriy tezkor-texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan.
Jinoyat ishi boʻyicha olib borilgan tezkor surishtiruv hamda tergov harakatlari davomida ushbu jinoyatni, Andijon viloyati Oltinkoʻl tumani Oltinkoʻl mahallasida yashovchi, 1980-yilda tugʻilgan A.B. ismli shaxs sodir qilganligi aniqlangan.
Hozirda gumon qilinuvchi A.B.ning respublikamiz va viloyatimiz hududlarida sodir etilib, fosh etilmasdan qolayotgan xuddi shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash borasida dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, ijtimoiy tarmoq firibgarlaridan ehtiyot boʻling.
Oʻzingizga tegishli boʻlgan plastik kartangiz maxfiy kodi va xos raqamini birovga bermang.
Tez va oson daromad topishni orzu qilib, ijtimoiy tarmoqlardagi turli yutuqli oʻyinlar, aksiyalarda ishtirok etib, elektron savdo-sotiq ishlarini amalga oshirib, firibgarlar tuzogʻiga ilinishdan ehtiyot boʻling.