VGIKning Toshkentdagi filialini tashkil etish boʻyicha videomuloqot oʻtkazildi

    Kuni kecha Kinematografiya agentligida Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligi bilan S.Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ni Toshkentda filialini ochish boʻyicha videomuloqot tashkil etildi.

    Unda Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxoliqov, agentlik jamoatchilik kengashi rais oʻrinbosari Botir Bazarbayev, Ijro apparati rahbari Eldar Yuldashev, Rossiya tomondan Madaniyat vazirligi boshqaruv loyihasi va taʼlimi, dinni rivojlantirish Departamenti boʻlimi boshligʻi Yelena Bayramova, Departament bosh maslahatchisi Mariya Sanina, Madanriyat vaziri oʻrinbosari Olga Yarilova va boshqalar ishtirok etishdi.

    Videomuloqotda institut filialini ochish, kadrlar tayyorlash, prodyuserlik, dramaturgiya yoʻnalishlarini tashkil etish, oʻquv davrini moddiy texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, moliyaviy xarajatlar, pedagoglar salohiyati va metodik taʼlimni rivojlantirish kabi masalalar muhokama etildi.

    Endilikda muntazam ravishda muloqotlar oʻtkazish, qisqa fursat ichida Kinematografiya agentligi qoshida filial ochish va tashkiliy jarayonlarni tezlashtirish kelishib olindi.

    Kinematografiya agentligigi Axborot xizmati