Gilamchilik, uy tekstili, charm va zargarlik sanoatida yangi imkoniyatlar yaratiladi

    Hukumat 10 Yanvar 2023 1824

    Bugun Prezident tomonidan alohida qaror imzolandi. Unga ko'ra, 2023 yilda to'qimachilik loyihalariga qo'shimcha 300 million dollar yo'naltiriladi.

    Shuningdek, charm-poyabzal sanoatida 200 dan ortiq turdagi import xom-ashyo bo'yicha bojxona imtiyozlari uch yilga uzaytiriladi. Bugun imzolangan yana bir muhim qaror bilan zargar tadbirkorlarga xom-ashyoni chegirma bilan sotib olish imkoniyati hamda soliq, bojxona va bank imtiyozlari berilmoqda.

    Bu orqali ushbu tarmoqlarda 2,6 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirib, qo'shimcha 4,5 trillion so'mlik mahsulot ishlab chiqarish zarurligi qayd etildi. Yig'ilishda bir oy muddatda 2023 yilda sanoatni 14 foizga oshirish bo'yicha sanoat va investitsiya dasturlarini qayta ko'rib chiqish vazifasi qo'yildi.

    Bunda:

    - Samarqandda mineral o'g'it, Navoiyda quruq tsianid tuzi va texnik gaz ishlab chiqarish loyihalarini tezlashtirish;

    - 1 iyunga qadar Pistali konida 6-gidrometallurgiya zavodini ishga tushirish;

    - avgust oyida “Yoshlik-1” mis koni negizida 3-misni boyitish fabrikasi loyihasini yakunlashni ta'minlash topshirildi.