Xitoy bozori gilos eksport qilish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega ekan.
"Imkoniyatlarni oʻrganish yoki skanerdan oʻtkazish butun dunyodagi bozorlar sonini tizimli ravishda eng yaxshi imkoniyatga ega bitta yoki ikkita maqsadli bozorgacha qisqartirish imkonini beruvchi koʻplab filtrlari boʻlgan jarayon sifatida belgilanadi.
Oʻrganishlar jarayonida Gilosni doimiy ravishda import qilgan 93 ta mamlakatdan koʻrib chiqish uchun bozorining hajmi 10 million AQSH dollaridan ortiq boʻlgan 21 ta mamlakat qoldi.
Keyingi oʻrganish uchun soʻnggi yillarda gilos bozori barqaror ravishda oʻsayotgan 13 ta mamlakat qoldirildi.
Bozorga kirish sharti ham muhim mezon sanalib, Oʻzbekistondan boshqa mamlakatlarga gilos eksportiga ruxsat berilishi va tashish bahosi oʻrganildi. Xitoy gilos bozori oʻrtacha import hajmi 1,4 milliard AQSH dollariga teng boʻlgan dunyodagi eng katta bozor ekanligini taʼkidlamoqda. Boz ustiga bu dunyoda eng jadal oʻsayotgan 6-bozor. Soʻnggi ikki yilda uning oʻrtacha oʻsishi 12,4 % ni tashkil qildi. Bu yaxshi natija. Transport xarajatlari Rossiyaga eksport qilganga qaraganda koʻproq, biroq mahsulot narxi 4,5 baravar yuqori boʻladi” deb yozadi PMTI tadqiqotchisi D. Ilina