Birlamchi gipotireoz qalqonsimon bez toʻqimalariga zarar yetishi oqibatida kelib chiqadi. Shuningdek, qalqonsimon bez yoki uning katta qismini jarrohlik yoʻli bilan olib tashlash, bezning tugʻma yoʻqligi ham kasallik sababi boʻlishi mumkin.

Usul tibbiyot, endokrinologiya, nevrologiya sohasida foydalanishga moʻljallanilgan.

Yangi usul gipoteriozda nevrologik buzilishlarni prognozlash va erta aniqlash orqali venadagi qonda biomarkerlar mavjudligiga tekshirishlarni ichiga oladi.

Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro muallifi Rahimberdiyev Shohruhbekga FAP 01591 raqamli patent berildi.