2018-yilning may oyidan 2019-yilning 7-mart kuniga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida Xitoy Xalq Respublikasi fuqarosi 49 yoshli L.J., Andijon viloyatida yashovchi 43 yoshli J.A.ning ishonchiga kirib, Toshkent shahrida joylashgan MCHJga tegishli boʻlgan gʻisht ishlab chiqarish korxonasini 1.000.000 AQSH dollariga sotishini aytadi.
Kelishilgan pulning 645.000 AQSH dollarini qoʻlga kiritib, shu kunga qadar turli bahonalar qilib MCHJga tegishli boʻlgan gʻisht ishlab chiqarish korxonasini J.M.ni nomiga rasmiylashtirmagani yoki qoʻlga kiritilgan pullarni qaytarib bermay shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgani aniqlangan.
Holat yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi IVV huzuridagi Tergov departamenti