Toshkent tumani “Gʻishtkoʻprik” agrofirmasi massividagi 197q, 198q, 200q-konturlarda joylashgan 1,81 gektar qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan davlat zaxirasidagi yer maydoni “Gʻishtkoʻprik” chegara postini kengaytirish va loyiha hujjatlari asosida qoʻshimcha bino-inshootlar qurish uchun ajratildi.
Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.
Shuningdek qarorda, mazkur hududda joylashgan muhandislik tarmoqlarini koʻchirish yoki muhofaza hududini saqlab qolish ishlarini amalga oshirish belgilandi.