Giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashgan fuqarolar koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi

    Hukumat qarori (717-son, 11.11.2025-y.) bilan “Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida»gi nizom tasdiqlandi.

    Koʻkrak nishoni bilan fidoyi fuqarolar, birinchi navbatda, yoshlar taqdirlanadi.

    Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun nomzodlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklar va oʻqotar qurollarni nazorat qilish agentligiga har yili 1-mayga qadar taqdim etiladi.

    Koʻkrak nishoni, qoida tariqasida, har yili 26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.

    Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.

    Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.