Bojxona organlari tomonidan giyohvandlik vositalarini noqonuniy saqlash va realizatsiya qilinishiga qarshi kurashish maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor maʼlumot asosida Qoʻshtepa tumanida tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbir davomida fuqaro X.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganida, xonadondagi gilam ostida va mebel ichiga sellofan paketga oʻrab joylangan yashil rangli hamda oʻtkir hidli 87 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.