Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) katta mutaxassisi Y.Deppe boshchiligidagi delegatsiya bugun Margʻilon hamda Toshloq tuman Davlat xizmatlari markazlarida boʻlishdi.
Gap shundaki, 2021-yil 1-mayda Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasida moliyaviy va texnik hamkorlik boʻyicha hukumatlararo muzokaralar boʻlib oʻtgan edi. Ana shu tadbirlar doirasida har ikki tomon koʻplab kelishuvlarga erishgan edi. Jumladan, bugungi delegatsiya ishi davomida elektron hukumat, korrupsiyaning oldini olish, davlat xizmatlari sohasini yana-da isloh qilish, kadrlar malakasini oshirish va mehnat bozori maʼmuriyatini takomillashtirishga qaratilgan yangi loyiha yuzasidan fikr almashildi. Bu esa yaqin kelajakda yaratiladigan loyihalar uchun mustahkam zamin va poydevor yaratadi.
Delegatsiya rahbari Y.Deppe Davlat xizmatlari markazlarida tadbirkorlar va fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirib yangi rejalashtirilayotgan loyihalarga doir savollariga toʻliq javoblar oldi. Mahalliy mutaxassislar bilan fikr va mulohazalar almashdi, deb xabar beradi DXA Fargʻona viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.