Tadqiqot davrida 47 mingga yaqin kishining hayotiy faolligi kuzatib borildi. 

Sinovlarda qayd etilishicha, kechalari haroratning +30 darajadan yuqori boʼlishi kishilarda uyqu soatlarini 14 daqiqagacha kamaytirdi.

Oʼrtacha hisobda sutka davomida 7 soatdan kam xordiq olish ham harorat yuqori kuzatilgan davrlarga toʼgʼri keldi.

Tadqiqotdagi aksar davlatlar konditsioner bilan taʼminlanish imkoni mavjud boʼlmagan davlatlar qatoriga kiradi.

2100 yilga borib, global isishning yuqorilab ketishi inson uyqusini yil davomida 50-58 soatgacha kamayishiga olib keladi.