Global ochlik indeksida O'zbekiston 21 o'rinni egalladi

    Dolzarb 6 Yanvar 2022 1004

    FAO 2021 yil uchun Global ochlik indeksi reytingini e'lon qildi. Unda O'zbekiston eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'lgan mamlakatlar orasida 21 o'rinni egalladi (2020 yil — 30 o'rin).

    Belarus, Bosniya va Gertsegovina hamda Braziliya reytingda eng yuqori pog'onada bo'lsa, eng kichik ko'rsatkichlar Somali, Suriya va Janubiy Sudanda kuzatilmoqda.

    Qo'shnilarimizdan Qozog'iston 28 o'rin, Qirg'iziston 40 o'rin, Turkmaniston esa 48 o'rinda.

    Global ochlik indeksi to'rtta ko'rsatkich bo'yicha aniqlanadi: to'yib ovqatlanmaydigan aholi ulushi; besh yoshgacha bo'lgan vazni me'yordan past bolalar ulushi; besh yoshgacha bo'lgan bo'yi me'yordan past bolalar ulushi; besh yoshgacha bo'lgan bolalarning o'lim darajasi.