баннер
21 Apr 2025
13:36

    Global Partnership for Education bilangrant shartnomasi asosida 58 ta yangi inklyuziv maktab quriladi

    Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boʻlib oʻtayotgan “Human Capability Initiative 2025” xalqaro forumida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi delegatsiyasi ishtirok etmoqda.

    Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni valiahdi, bosh vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud homiyligida har yili oʻtkaziladigan ushbu nufuzli tadbirda dunyoning turli nuqtalaridan kelgan ishtirokchilar taʼlim, iqtisodiyot, texnologiya sohasidagi muammolar, ularga innovatsion yechimlar topishga qaratilgan masalalarni muhokama qiladi.

    Eʼtiborlisi, Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida mazkur nufuzli tadbirga taklif etilgan yagona davlat.

    Forumning ilk kunidayoq, Oʻzbekiston Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Islom taraqqiyot banki oʻrtasida 40 million dollarlik grant shartnomasi imzolandi.

    Islom taraqqiyot banki (ITB) Prezidenti Muhammad al-Jassar bilan uchrashuvda Global Partnership for Education (GPE) tomonidan taʼlim sohasiga grant shartnomasi imzolandi.

    Loyihaning asosiy yoʻnalishlari esa quyidagicha:

    • respublika boʻyicha 58 ta yangi inklyuziv maktab qurilishi;
    • maktablarni zamonaviy jihozlar bilan taʼminlash;
    • oʻqituvchilar malakasini oshirish boʻyicha dasturlar;
    • inklyuziv taʼlimni rivojlantirish;
    • oʻquv dasturlarini takomillashtirish;
    • maktabgacha taʼlim sifatini oshirish.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech