Bu haqda Times of Israel gazetasi Isroil armiyasi matbuot kotibi Daniel Hagariyga tayanib xabar berdi.
Xagariyning aytishicha, zarba Eronda ishlab chiqarilgan Falak-1 raketasi bilan amalga oshirildi.
Shanba kuni ertalab Isroil tez yordam matbuot xizmati hujum futbol maydoniga amalga oshirilgani, halok bo'lganlar bolalar va o'smirlar ekanligini ma'lum qildi, 19 kishi shifoxonalarga yetkazildi, ulardan olti nafarining ahvoli og'ir.
Isroil bosh vaziri idorasining maslahatchisi Dmitriy Gendelman voqeada birinchi bo'lib Bayrut va uning fikricha, Eron yetakchiligida bo'lgan shialarning “Hizbulloh” harakatini aybladi. SAXAL ma'lumotlariga ko'ra, raketa Golan tepaliklariga Livan janubidagi hududdan uchirildi.
Tel-Aviv keskin javob berishga va “shimoliy chegarada xavfsizlikni tiklash” uchun zarur choralarni ko'rishga va'da berdi, deb xabar beradi ria.ru.