Maʼlumki, qoʻhna qitʼada har yili Yevropaning 21 yoshgacha boʻlgan eng yaxshi yosh futbolchisi aniqlanib, unga “Golden boy” mukofoti topshiriladi. Italiyaning Tuttosport nashri kecha joriy yilgi sovringa daʼvogar 100 nafar futbolchi roʻyxatini eʼlon qildi.

Daʼvogarlar orasida “Borussiya” futbolchilari Karim Adeyemi, Jud Bellingem, “Real” futbolchisi Eduardo Kamavinga, “Manchester Yunayted” futbolchisi Antoni Elanga, “Barselona” futbolchilari Pedri, Anssumane Fati, Gavi va Niko, “Bavariya” futbolchilari Rayan Gravenberx, Jamol Musiala, “Dinamo” Kiyev futbolchisi Ilya Zabarniy va boshqalar bor.

2021-yilda ushbu mukofotni “Barselona” yarim himoyachisi Pedri qoʻlga kiritgandi.