Kuni kecha Oʻzbekiston milliy universitetida ushbu gʻolib talabalarni taqdirlashga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov, vazir oʻrinbosari Rasuljon Hakimov, Oʻzbekiston milliy universiteti rektori Inom Majidov, Toshkent davlat texnika universiteti rektori Sadriddin Turobjonov, Matematika instituti ilmiy xodimi Behzod Qurbonboyev, OʻzMU prorektorlari va professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Tadbirda gʻoliblarga tashakkurnoma va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerak, ushbu olimpiadada 55 davlatdan 592 nafar talaba ishtirok etgan. Jumladan, AQSH, Rossiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Polsha, Isroil, Gretsiya, Ispaniya, Avstraliya, Fransiya kabi davlatlarning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan talabalar qatnashgan mazkur olimpiadada vakillarimiz yuqori natija koʻrsatib, 5 ta oltin, 6 ta kumush, 4 ta bronza medalni qoʻlga kiritishdi. Gʻoliblarning 11 nafari Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti matematika fakulteti talabalaridir.