Toshkent shahrining “Yunusobod sport majmuasi”da oʻtkazilgan musobaqada sportchilar Taekvondo ITFning shaxsiy massogi, jamoaviy massogi va shaxsiy tul, seldefens yoʻnalishilari boʻyicha oʻzaro bahslashdi. Sportni rivojlantirish vazirligi va Oʻzbekiston Taekvondo ITF milliy assotsiatsiyasi hamkorligida oʻtkazilgan ushbu musobaqada 3000ga yakin sportchilar gʻoliblik uchun kurash olib borishdi.

Ushbu nufuzli musobaqada terma jamoa aʼzolari yana bir bor koʻrikdan oʻtkazilib, 2022-yil 8-12-dekabr kunlari Minsk shahrida boʻlib oʻtadigan Jahon Kubogiga va 2023-yil 13-14-avgust kunlari AQSHning Las-Vegas shahrida oʻtishi rejalashtirilgan Xalqaro turnirga tayyorgarlik vazifasini ham oʻtab berdi.

Musobaqa yakuniga koʻra, umumjamoa hisobida oʻrinlar quyidagicha taqsimlandi:

1- oʻrin - Toshkent viloyati

2- oʻrin - Toshkent shahri

3- oʻrin - Buxoro viloyati

4 -oʻrin - Surxandaryo viloyati