31-mart kuni Toshkent davlat transport universitetida oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida kurash sport turi boʻyicha “Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri kubogi” sport musobaqalariga start berildi.
“Vazir kubogi” kurash sport musobaqalarida Qoraqolpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 15 ta jamoa ishtirok etishmoqda.
Shuningdek, 8 vaznda qizlar, 7 vaznda yigitlar oʻrtasida jami 15 vaznda boʻlib oʻtayotgan musobaqalarda 220 nafar kurashchi talabalar bahsga qizgʻin kirishgan.
Mazkur musobaqalar 6 nafar xalqaro va respublika toifasidagi hakamlar tomonidan boshqarib borilmoqda.
Kurash musobaqalarining gʻolib va sovrindorlari bugun — 2-aprel kuni taqdirlanadi.