Payshanba kuni 51 yoshli aktyor va uning qizlari Bekiya orolidagi aeroportdan Sent-Lyusiyaga kichik dvigatelli samolyotda uchib ketishdi. Ko'tarilganidan ko'p o'tmay, samolyotda muammolar yuzaga keldi va orol yaqinida okeanga quladi.

Sent-Vinsent va Grenadinlar qirg'oq qo'riqlash xizmati qutqaruv operatsiyasini boshladi, biroq urinishlar besamar ketdi. Qutqaruvchilar suvdan to'rt kishi, jumladan uchuvchi, amerikalik yo'lovchi va uning ikki nafar qizining jasadini olib chiqishdi. Halokat sabablari o'rganilmoqda.

Internetda samolyot halokati aks etgan video paydo bo'ldi. Guvoh tomonidan olingan kadrlarda kichik samolyotning burni pastga tushib, katta tezlikda suvga qulagani aks etgan.

Kristian Oliver 1972-yilda Germaniyada tug'ilgan, u “Valkiriya operatsiyasi”, “Shaqildoq ilonlar” va “Tezkor poygachi” ​​​​filmlaridagi rollari bilan mashhur bo'lgan. Uning filmografiyasida 57 ta film bor, deb xabar beradi tengrinews.kz.