Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.
Yong'in oqibatida vayron bo'lgan binolarni tekshirayotgan qutqaruvchilar bugun yana besh kishining jasadini topganliklari haqida xabar berildi.
Avvalroq 2024-yil iyul oyidan beri turar-joy majmuasining sakkizta blokida ta'mirlash ishlari olib borilayotgani va binolar bambuk iskala va yashil to'r bilan qoplangani haqida xabar berilgan edi. Rasmiylarning ta'kidlashicha, ta'mirlash ishlarida foydalanilgan tez yonadigan penopolistirol material yong'inning tez tarqalishiga sabab bo'lgan. Yong'in bilan bog'liq holat tufayli 11 kishi hibsga olindi, deb xabar berdi report.az.