Google internetsiz ishlaydigan sunʼiy intellektli ilovani taqdim etdi

    Google Android telefonlarida internetga ulanmasdan ishlaydigan sunʼiy intellektga ega AI Edge Galleryʼni taqdim etdi, deya xabar bermoqda The Economic Times.

    Bu yangilik foydalanuvchilarga oʻz qurilmalarida SI funksiyalaridan, masalan, tasvir yaratish, savollarga javob berish va kod yozish kabi imkoniyatlardan foydalanish imkonini beradi.

    Ilova hozirda Android uchun mavjud va tez orada iOS versiyasida ham ishga tushishi kutilmoqda. U oʻrnatilgan protsessor yordamida telefonda Sl modellarini qidiradi, yuklab oladi va ishga tushiradi. Google buni eksperimental Alpha reliz deb atagan. Ilovani GitHub orqali yuklab olish mumkin.

    Ilovada, shuningdek, “Soʻrov laboratoriyasi” deb nomlangan funksiya mavjud boʻlib, unda foydalanuvchilar matnni umumlashtirish yoki qayta yozish kabi bir vazifali soʻrovlarni sinab koʻrishi mumkin.

    Kompaniyaning taʼkidlashicha, ilovaning qanchalik yaxshi ishlashi telefonga bogʻliq boʻladi. Yangi va kuchliroq telefonlarda tizim ancha tezroq ishlaydi. Shuningdek, kattaroq telefon modellari rasmlar haqidagi soʻrovlarga javob berishda kichikroq modellarga qaraganda koʻproq vaqt sarflaydi. Ilova Apache 2.0 litsenziyasi ostida chiqarilgan, yaʼni u ommaviy foydalanish va hatto tijorat maqsadlarida ham mavjud.