Google kompaniyasi Grace Hopper suv osti optik tolali kabelini AQShdan Ispaniya va Buyuk Britaniyaga olib chiqishni boshladi, deya xabar beradi TASS.
Amerikalik kompʻyuter dasturlash olimi sharafiga nomlangan Grace Hopper Internet kabeli AQShni Buyuk Britaniya va Ispaniya bilan bogʻlaydi.
Grace Hopper Google tarixida AQShni Ispaniya bilan bogʻlaydigan birinchi internet kabeli boʻladi. Kabelning uzunligi AQShdan Buyuk Britaniyaga qadar 6 250 kilometr va AQShdan Ispaniyagacha 6 300 kilometrdir.
Avvalroq AQSh rasmiylari Googleni bozordagi monopoliyada ayblash niyatida ekani xabar qilingandi. Manbalarga koʻra, kelgusi haftalarda mamlakat Adliya vazirligi korporatsiyani sudga berishi mumkin.