Ilgari kamera terilgan yoki qo'lda chiroydi yozilgan matnni aniqlay olardi. Endi Google Lens tushunarsiz yozuv bilan ishlaydi. Ishlab chiquvchilar foydalanuvchi shifokorning retseptini suratga olishi mumkinligini ko'rsatdi, kamera esa yozuvda ko'rsatilgan dori-darmonlarni avtomatik ravishda ajratib ko'rsatishi mumkin. Hamma narsa sun'iy intellekt asosida ishlaydi.
Google qo'lda tushunarsiz tarzda yozilgan yozuvni tushunarli matnga tarjima qilishda algoritmlarni olish uchun butun dunyo bo'ylab farmatsevtlar bilan ishlaganini aytdi. Hozircha funksiya faqat hind tilida ishlaydi. Kelgusi yilda funksiya ingliz va yevropa tillari, jumladan, rus tillari uchun ham paydo bo'lishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Google Lens qidiruv tizimiga o'rnatilgan yordamchi dastur hisoblanadi. Uni smartfonda Google ilovasi (havola) yordamida ishga tushirish mumkin. Kamera belgisini bosish orqali obyektivni kerakli obyektga qaratib, uni suratga olish mumkin. Keyin Google ushbu matn bo'yicha barcha ma'lumotlarni taqdim etadi.