Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi narx-navoni oʻrganishda davom etmoqda.
17-avgust holatiga koʻra, zaruriy oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarning narx-navolari bilan tanishing. Eng arzon va qimmat narxlarda. 
Tibbiy niqob — Andijon va Namangan viloyatlarida 1 000 soʻmdan, Toshkent shahrida 6 000 soʻm. 
Antiseptik gel — Andijonda 700 soʻm boʻlsa, Toshkent viloyatida 10 000 soʻmgacha. 
Birinchi navli un — Toshkent viloyatida 1700 soʻm, Toshkent shahrida 6 500 soʻmni tashkil etmoqda. 
Qolipli non — Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Andijon viloyatida 1 250 soʻm, Navoiy, Namangan, Toshkent viloyatlarida 2 000 soʻm. 
Makaron — Qoraqalpogʻiston Respublikasida 2 500 soʻm, Buxoro viloyatida 19 000 soʻm.
Shakar — Andijon viloyatida 4 000 soʻm, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida 7 000 soʻm. 
Oʻsimlik yogʻi — Namangan viloyatida 9 000 boʻlsa, Buxoroda 14 000 soʻm. 
Xoʻjalik sovuni — Fargʻonada 1 000 soʻm, Buxoroda 500 soʻm. 
Tuxum — Qoraqalpogʻiston va Andijonda 500 soʻm, Toshkent shahrida 1100 soʻm. 
Mol goʻshti — Qashqadaryo viloyatida 40 000 soʻm boʻlsa, Toshkent shahrida 70 000 soʻm. 
Qoʻy goʻshti oʻrtacha hisobda Toshkent shahrida 39 000 dan 70 000 soʻmgacha. 
Tovuq goʻshti — Andijon viloyatida 11 000 soʻm, Toshkent shahrida 24 000 soʻm. 
Guruch — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 3 000 soʻmdan, Toshkent shahrida 14 500 soʻmdan. 
Kartoshka — Surxondaryo viloyatida 2 000 soʻm, Toshkent viloyatida 5 000 soʻm. 
Piyoz — Surxondaryoda 500 soʻm, Toshkent viloyatida 2 500 soʻm. 
Sabzi — Surxondaryoda 800 soʻm, Toshkent shahrida 3 000 soʻmgacha. 
Sarimsoq piyoz — Qashqadaryoda 10 000 soʻm, Toshkent viloyatida 11 000 soʻmdan sotilgan boʻlsa, Samarqand viloyatida 70 000 soʻmgacha sotilmoqda.

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini 
himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 
matbuot xizmati