Andijon viloyati Paxtaobod tumanining “Doʻstlik” massivi hududida faoliyat yuritayotgan “Doʻstlik saxovat zamini” fermer xoʻjaligining paxta maydonida gʻoʻza gul koʻrsatdi.
Fermer xoʻjaligining 53,0 gektar yer maydoni mavjud boʻlib, shundan 28,7 gektariga paxta ekilgan. Ayni kunda baravj rivojlanayotgan gʻoʻza nihollari shona koʻrsatdi, deya xabar qiladi “Oʻzagroinspeksiya” Andijon viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.
Bu joriy yil paxta hosili boʻy koʻrsatdi deganidir!
Respublikamizning, xususan viloyatimizning barcha dexqonlari xirmoniga baraka tilab qolamiz!