Toshkent Fotosuratlar uyida O'zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a'zosi, mohir kulol, rassom Faniya Dedenyovaning 168 ta badiiy kulolchilik buyumlari, 22 ta ijodiy-pedagogik faoliyatiga oid fotosuratlardan tashkil topgan “Go'zallik timsoli” nomli shaxsiy ko'rgazmasi ochildi.
Ekspozitsiyadan turli qorishma va unsurlardan foydalanib ishlangan lagan, likopcha, guldon, bezakdor sopol va boshqa buyumlar, milliy natyumortlar, turli mavzulardagi kompozitsiyalar, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlarning me'moriy yodgorliklari, hashorot, hayvonot, qushlar mavzusi o'rin olgan.
Kulol rassom 1956-yili P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida tahsil olgan. 1983-yildan Respublika va xalqaro ko'rgazmalar ishtirokchisi. Bir necha marta shaxsiy ko'rgazmalar tashkil etib, YUNESKO va boshqa tashkilotlar diplomlari bilan taqdirlangan.
Ko'rgazma namoyishi davom etmoqda.
Hasan Abdunazarov