Sanʼat va madaniyatimizni dunyoga tanitib kelayotgan yigit-qizlar esa, boshqalarda ham milliyligimizga muhabbat hissini yanada oshirishga xizmat qilyapti.
Turkiyaning Antaliya shahrida boʻlib oʻtgan “AKDENIZ SOUNDS” xalqaro yoshlar tanlovida Mirzo Ulugʻbek tumani 2-son BMSM, Estrada xonandaligi boʻlimi oʻquvchisi Karimberdiyeva Shukrona GRAN PRI sohibasi boʻldi.
Akademik fortepiano boʻlimi oʻquvchisi Avazova Amina 2-oʻrin sohibasi boʻlib, kubok, medal hamda diplomlar bilan taqdirlandi, deb yozmoqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.