Oltin 4690 dollarga oshdi.
AQSh Prezidenti Donald Trampning Germaniya va boshqa yettita Yevropa davlatiga ularining Grenlandiya bo'yicha pozitsiyasi tufayli 10 foiz tariflar joriy etishini e'lon qilganidan so'ng, global oltin va kumush narxlari yangi eng yuqori cho'qqilarga ko'tarildi. 19-yanvar, dushanba kuni ertalab Osiyo fond bozorlarida savdo haftasi boshlanganida, notinchlik davrida asosiy aktiv bo'lgan oltin 4690,59 dollarga, kumush esa 94,12 dollarga etdi.
Shu bilan birga, aksariyat fond bozorlari savdo urushi ehtimoli haqidagi xavotirlar tufayli pasayib ketdi. Yaponiyaning Nikkei indeksi 1,4 foizga, Yaponiyadan tashqaridagi Osiyo-Tinch okeani mintaqasi aksiyalarining eng keng indeksi MSCI 0,3 foizga pasaydi. Dollar iyena va Shveytsariya frankiga nisbatan pasaydi, yevro va funt sterling esa ko'tarildi, neft narxlari esa o'zgarishsiz qoldi, deb xabar berdi dw.com.