Klimatologlar o'z ishlarida tog'lardan esadigan iliq va quruq, shuningdek, boshqa shamollarning muzliklarning yuqori qismini erishidagi rolini o'rganishdi. Mazkur shamollar tufayli so'nggi 20 yil ichida Grenlandiya muz qatlami erishi 10 foizdan ko'proqqa oshdi va katabatik shamollarning Antarktika muz qatlamiga ta'siri 32 foizga kamaydi.
Antarktidada 2000-yildan buyon muzning umumiy erishi 15 foizga kamaydi. Biroq bu pasayish ikki muz qoplamlarining darz ketishi tufayli uning sirti maydonining kamayishi, shuningdek, atmosferada ilgari yupqalashgan ozon darajasining oshishi bilan bog'liq. Olimlar Grenlandiya so'nggi o'n yillikda dengiz sathining ko'tarilishida asosiy manba bo'lgan bo'lsa-da, Antarktida muzlarining erishi tufayli oxir-oqibat bu borada asosiy o'ringa chiqib oladi deb hisoblamoqda, deb xabar beradi lenta.ru.