Siyosatchi orolni qo'lga kiritish haqidagi har qanday gapni rad etdi. U Vashington xavotirlari haqidagi savolga shunday javob berdi: AQSh Pekin bu maqsadlar uchun Grenlandiyaga katta miqdorda pul taklif qilishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
“Men Grenlandiya xalqi ularning erkinligidan mahrum etadigan taklifni qachonlardir qabul qilishini qat'iyan rad etaman”, dedi Bosh vazir.
Avvalroq AQSh Prezidenti Donald Tramp Grenlandiyani anneksiya qilish masalasini jiddiy o'ylayotgani va bu harbiy yo'l bilan amalga oshishini istisno qilmasligi ma'lum bo'lgan edi, deb xabar beradi lenta.ru.
Amerika rahbarining ta'kidlashicha, Grenlandiya Vashingtonga nafaqat mintaqaviy, balki xalqaro xavfsizlikni ta'minlash uchun ham kerak.