Gretsiya hukumati bolalarni ham koronavirusga qarshi emlashni rejalashtirmoqda

    Gretsiyada kasallikning yangi holatlarini kamaytirish maqsadida 12-15 yoshdagi o'spirinlarni Pfizer/BioNTech va Moderna vaktsinalari bilan emlash rejalashtirilmoqda.

    Bu haqda Reuters agentligi xabarida aytilishcha, Gretsiya emlash qo'mitasi rahbari Mariya Teodoridu o'spirinlar orasida emlash yoshlarning zaif qatlamlarini samarali himoya qilishga, shuningdek, sentyabr oyining boshiga qadar maktabga erta qaytishiga yordam berishin aytgan.

    11 millionga yaqin aholisi bo'lgan Gretsiyada vaktsina birinchi komponentining 10,2 milliondan ortiq dozasi qo'llanildi. Aholining taxminan 46,8 foizi to'liq emlangan. Gretsiya hukumati mamlakatda kuzga qadar emlash darajasini 70 foizgacha etkazishni rejalashtirmoqda.

    Ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan sutkada Gretsiyada koronavirus infektsiyasining 2070 ta yangi holati va 5 ta o'lim qayd etildi. Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda koronavirusdan 12 ming 903 kishi vafot etgan.