Endilikda aholi o'z jihozlarini saralab, chiqindixonaga olib ketmoqda. Singan divanlar, stullar va shkaflar uyumi hosil bo'ldi. Ba'zi binolar yashash uchun mutlaqo yaroqsiz holga kelib qoldi. Tabiiy ofatdan keyin 70 gektardan ortiq maydon suv ostida qolib ketdi. Kamida 16 kishi halok bo'ldi va o'n minglab hayvon cho'kib ketdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq toshqin Gretsiyaning Volos shahri aholisini ichimlik suvisiz qoldirgani xabar qilingandi. Shahar ma'muriyati suv ta'minoti tizimi taxminan uch hafta ichida ishga tushishini ma'lum qildi, deb xabar beradi mir24.tv.