Gretsiyada 5,1 magnitudali zilzila sodir bo'ldi. Zilzila o'chog'i Afinadan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan Evbeya orolida bo'lgan, deya ma'lum qildi Afina universiteti seysmologik laboratoriyasi.
Zilzila manbai o'n kilometr chuqurlikda joylashgan. Seysmik hodisa mahalliy vaqt bilan 8:26 da sodir bo'lgan, deb xabar beradi ria.ru.