Ikki kundan buyon mamlakatda soʻnggi 30 yildagi eng yuqori havo harorati hukm surmoqda. Mamlakatda Selsiy shkalasi boʻyicha 46 daraja issiq qayd etildi.

Oʻnlab xonadonlardagi fuqarolar evakuatsiya qilindi. Fuqarolar xavfsizligi boshqarmasi uylarga tutun kirmasligi uchun odamlarni derazalarni yopishga chaqirmoqda.

“Vaziyat uncha yaxshi emas. Yongʻin Varibobiga, xususan, uylarga juda yaqinlashmoqda”, deydi Axarnon (Afinaning shimolidagi tuman) meri.

Eslatib oʻtamiz, Gretsiyada oʻrmon yongʻinlari 1-avgustda boshlandi hamda Peloponnes yarim orolini qurshab oldi. Tabiiy ofatni bartaraf etish uchun 145 nafar yongʻin oʻchiruvchilari, 50 ta mashina hamda aviatsiya jalb qilindi.