Bu haqda chorshanba kuni  ERT NEWS telekanali o't o'chirish xizmati rasmiy vakili Vasilisa Vatrakoyannisa ma'lum qildi.

“Ayni damda 36 kishining halok bo'lgani aniqlandi. 85 kishi jarohat oldi. Ulardan 66 kishi yordam uchun shifoxonalarga yetkazildi, 6 nafari reanimatsiya bo'limida”, dedi Vatrakoyannisa.

Avvalroq  Hellenic Train nashri voqea vaqtida yo'lovchi poyezdida 350 ga yaqin odam bo'lganini xabar qilgan edi. ERT1 telekanaliga ko'ra, ulardan 270 nafari jabrlanmagan va evakuatsiya qilingan.

O't o'chiruvchilarning xabar berishicha, poyezdlarning birinchi vagonlari to'liq ezilgan, kuchli zarba natijasida g'ildiraklar va vagon detallari bo'laklari temir yo'ldan 100 metr masofaga sochilib ketgan. Ikkala poyezd ham hozircha noma'lum sababga ko'ra bir yo'lda bir-biriga qarab harakatlangan, deyiladi tass.ru saytida.