O't o'chirish bo'limi ma'lumotlariga ko'ra, bir kishini devor bosib qolgan, oqibatda u halok bo'lgan, uning jasadi allaqachon vayronalar ostidan olib chiqilgan.
Seshanba kuni ertalab mahalliy Krafsidonas daryosida suv sathi uch metrga ko'tarildi, shaharning boshqa hududini ham suv bosishi xavfi bor.
Yog'ingarchilik tufayli shifoxonalardan birining yerto'lasi, yaqin atrofdagi bir qancha qishloqlar ham suv ostida qolgan, u yerda elektr ta'minotida uzilishlar mavjud, deb xabar beradi ria.ru.