баннер
23 Apr 2025
08:54

    Gretsiyadagi orolda 2700 yillik teatr qoldiqlari topildi

    Gretsiyaning Lefkada orolida arxeologlar uzoq vaqt davomida noma'lum bo'lgan qadimgi yunon teatri qoldiqlarini topishdi.

    Kulmos tepaligida 2015-yilda boshlangan qazishmalar qator o'rindiqli amfiteatr, orkestr platformasi va sahna uchun tayanch devorlari mavjudligini tasdiqladi.

    Aftidan teatr qurilishi tugallanmagan bo'lsa-da, tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga ko'ra, u 3500 ga yaqin tomoshabinni sig'dira olishi mumkin edi. Agar qurilish tugallanganda, teatr 10-11 ming nafargacha tomoshabinni sig'dirgan bo'lardi.

    Teatrga qishloq xo'jaligi faoliyati va vaqt ta'sir ko'rsatganiga qaramay, uning pastki qismlari yaxshi saqlanib qolgan, deb xabar beradi azertag.az.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech