Verakrus maʼmurlari aholini ehtiyot boʻlishga chaqirmoqda – daryolar sathining koʻtarilishi 6 soatgacha davom etishi mumkin, togʻ yonbagʻirlari namlikka toʻyingani tufayli yangi koʻchkilar ehtimoli mavjud.
Verakrusning 22 munitsipalitetida favqulodda holat eʼlon qilindi.
Mexiko xalqaro aeroporti “Greys” boʻroni tufayli oltita yoʻnalish – Verakrus, Tampiko, Reynosa, Kuliakan, Huatulko va Mayami boʻyicha parvozlarni bekor qildi. Poytaxtda toʻq sariq rangli ogohlantirish eʼlon qilindi. Mexiko shahrida kuchli yomgʻir davom etmoqda va kunduzi shamolning sezilarli darajada oshishi kutilmoqda.
Shuningdek, Nyu-York gubernatori Endryu Kuomo yaqinlashib kelayotgan “Genri” dovuli tufayli favqulodda holat eʼlon qildi, hukumat kuchli yomgʻir, shamol va kuchli elektr uzilishlarini kutmoqda, dedi gubernator matbuot xizmati.
Bir qator okruglarda, shu jumladan, Nyu-York shahrida favqulodda holat eʼlon qilingan.