Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, yurtimizda grippni yuqtirish va uning ogʻir asoratlarini boshdan oʻtkazish xavfi yuqori boʻlgan hamda mavsumdan oldin emlanadigan shaxslar kontingenti tasdiqlangan.
Ushbu guruhga quyidagilar kiritilgan:
— homilador ayollar;
— 6 oylikdan katta bolalar va nafas olish organlari hamda yurak-qon tomir tizimlarining maʼlum surunkali kasalliklariga chalingan katta yoshlilar;
— 60 yoshdan oshgan shaxslar;
— 6 oylikdan 59 oylikkacha boʻlgan bolalar;
— tibbiyot xodimlari;
— “Mehribonlik” uylari, qariyalar va nogironlar uchun “Saxovat” internat uylari, nogironlar hamda nogiron bolalar uchun “Muruvvat” internat uylari, bolalar shaharchalari, bolalar uylarida, shuningdek, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida (maktablar, maktab-internatlarda) yashayotgan shaxslar.