Gripp virusi ikkita asosiy – A va V variantlarga ega, ammo ular mavjud vaksinalarga tezda moslashadi, shuning uchun har yili yangi dorilar ishlab chiqilishi kerak. Bu katta moliyaviy xarajatlarini hamda vaqt talab qiladi. Qolaversa, har doim ham samarali emas, chunki muayyan shtammlar uchun emlash samarasiz boʻlishi mumkin.
Dastlab COVID-19 ga qarshi kurashish uchun ishlab chiqilgan ikkita yangi vaksina RNK (mRNK) texnologiyasiga asoslangan. Bu tanada oʻzlashtirilsa, immunitet tizimini patogenni bartaraf qilish uchun oqsil-antitanachalarni ishlab chiqarishga olib keladigan virusning genetik kodining boʻlaklarini kiritishni oʻz ichiga oladi.
Ilgari gripp bilan kasallanmagan 20 ta sichqon ustida oʻtkazilgan tajribalar davomida eksperimental subyektlarga preparatning turli kombinatsiyalari yuborildi. Baʼzilari faqat ikkita turdagi mRNKni olishdi, boshqalari esa toʻrtta. Ayrimlari bir necha marta emlandi.
Keyingi tahlillar shuni koʻrsatdiki, barcha hayvonlarda antitanachalar ishlab chiqarish maʼlum darajada oshgan, ammo toʻrtta vaksinani olgan sichqonlar eng himoyalangani maʼlum boʻldi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar baʼzi kombinatsiyalar sichqonlarda ham, odamlarda ham grippga qarshi kurashda muhim rol oʻynaydigan sitotoksik T-hujayralarining oʻsishiga olib kelishini aniqlashdi.