COVID-19 gripp mavsumida, ya'ni kuz-qish faslida xavfliroq bo'ladi, shuning uchun grippga qarshi vaktsina qabul qilish hozirgi davrda har qachongidan ham muhimroq.
Bu majburiy vaksinasiya emas, lekin biz uni olishni tavsiya etamiz. Kuz-qish faslida respirator infektsiyalar ko'p uchraydi. Bu esa immun tizimi pasayishiga sabab bo'ladi hamda bemor ushbu davrda koronovirus infektsiyasini yuqtirsa og'ir kechishi mumkin.
Shuning uchun ushbu faslda yanayam salomatligimizga e'tiborli bo'lishimiz zarur.
COVID-19 va gripp o'zaro o'xshash belgilarga ega bo'lib, yoshi katta insonlar hamda yurak va o'pka xastaliklari kabi surunkali kasalliklarga chalinganlar uchun qattiq ta'sir qilishi mumkin.
Grippga qarshi emlash darajasini ko'payishi ushbu fasllarda aholi orasida nafas yo'li kasalliklarini kamaytirishi mumkin, shuningdek, COVID-19 pandemiyasi paytida sog'liqni saqlash tizimiga bo'layotgan zo'riqishni kamaytiradi.
Grippga qarshi vaktsina odamlarni COVID-19dan himoya qilmaydi, u grippning rivojlanish xavfini kamaytiradi, shuningdek, gripp bilan bog'liq asoratlar, jumladan kasalxonaga joylashtirilish va hatto o'lim xavfini kamaytiradi.