Grippni oddiy shamollashdan qanday ajratish mumkin?

    “Rossiya 1” telekanali efirida tez tibbiy yordam shifokori Petr Davidov grippni oddiy shamollashdan qanday ajratish kerakligini tushuntirdi.

    Uning soʻzlariga koʻra, grippda oddiy shamollashdan farqli oʻlaroq, yuqori harorat uzoq vaqt davom etadi va koʻpincha haroratni tushiradigan dorilarni qabul qilgan taqdirda ham meʼyoriga kelmaydi.

    Bundan tashqari, gripp bilan kasallangan bemorlarda koʻzning qizarishi, “koʻkrak qafasi” yoʻtali, mushaklar ogʻrigʻi va burundagi qon tomir devorlarining yupqalashishi tufayli qon ketishi kuzatiladi.

    Shamollash alomatlari har xil. Tomoq ogʻrigʻi, ovoz boʻgʻilishi, bosh ogʻrigʻi, limfa tugunlari kattalashishi, koʻngil aynish va yoʻtal paydo boʻlishi mumkin”, dedi shifokor.

    Mutaxassis har qanday holda shifokorga oʻz vaqtida murojaat qilish bilan kasallikni toʻrt-besh kun ichida davolash mumkinligini taʼkidlab, grippda emlash eng yaxshi himoya ekanligini taʼkidladi.