Agar hamma odamlar niqobni to'g'ri taqsa, grippga chalinish ehtimoli yuz barobarga kamayishi mumkin, dedi allergolog-immunolog Vladimir Bolibok.
Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, agar inson sog'lom bo'lsa va immunitetga ega bo'lmasa, ya'ni u emlanmagan bo'lsa-da, lekin niqob taqib yursa, uning yuqish xavfi deyarli 20 barobar kamayadi. Agar grippga chalingan odam himoya niqobini taqsa, boshqalarga yuqtirish ehtimoli besh baravar kam bo'ladi.
“Agar virus tashuvchisi ham, sog'lom odam ham niqob taqqan bo'lsa, ehtimollik 100 barobar kamayadi. Kasallikni sezilarli darajada kamaytirish uchun hamma niqob taqishi kerak”, dedi ekspert.